Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Belarusda taktik yadroviy qurollarini joylashtirmoqchi

Rossiya Belarusda taktik yadroviy qurollarini joylashtirmoqchi

1 iyul kuni Belarusda taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishi yakunlanadi. Bu haqda 25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 24» telekanali efirida ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan Lenta iqtibos keltirmoqda.

«Belarus anchadan buyon o‘z hududida yadro qurollarini joylashtirishni so‘ramoqda. Biz Belarusga taktik yadroviy qurollarimizni topshirmaymiz, ammo ularni joylashtiramiz va harbiylarga o‘rgatamiz. Xuddi AQSh Yevropada shu ishni qilayotgani kabi», dedi Putin.

Davlat rahbarining qayd etishicha, Moskva va Minsk u yerda strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnoma (SHQQ, SHQ-III) bo‘yicha majburiyatlarni buzmagan holda taktik yadro qurollari joylashtirilishi haqida kelishib olgan.

Kiritildi: 23:48 25.03.2023. O'qildi: 2787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!