Texsnabeksport (Rosatom davlat korporasiyasining bir qismi) AQShdan kelgan mijozlarni agar Vashington 2028 yildan boshlab uran importiga embargo joriy qilsa, Rossiya hukumati AQShga uran eksportini oldindan taqiqlashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, gap hozirda Kongressda ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasi haqida ketmoqda, unda Rossiya uranini faqat 2028 yilgacha olib kirishga ruxsat beriladi.
Avvalroq AQSh Kongressi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan bu tashabbus 14 dekabr kuni senatorlar tomonidan bloklangan edi.
Qayd etilishicha, Moskva bu borada hali yakuniy qarorga kelmagan.