Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi

Rossiya AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashni taklif qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilinishicha, bu taklif 27 fevral kuni Istanbulda Qo‘shma Shtatlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Rossiya rasmiylari tomonidan bildirilgan.

"Uchrashuvda, AQShning oldingi ma’muriyatlaridan meros bo‘lib qolgan ko‘plab “ziddiyatli masalalar” muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, Rossiya va AQSh diplomatik vakolatxonalari faoliyatini to‘siqsiz moliyalashtirishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qadamlarni kelishib oldilar", deya qayd etdi Rossiya TIV.

2022 yil mart oyi boshlarida, Rossiya armiyasining Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay, AQSh Rossiya samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopgan edi. AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Baydenning farmoni yo‘lovchi, yuk va charter reyslariga taalluqli bo‘lgandi.

Kiritildi: 18:55 28.02.2025. O'qildi: 1474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!