Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobiga Boyeing samolyotlarini sotib olishni so‘ragan — Bloomberg

A A A
Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobiga Boyeing samolyotlarini sotib olishni so‘ragan — Bloomberg

Agentlikning manbalariga tayanib qayd etishicha, bu Rossiyaning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi uchun qo‘yilgan shart emas, biroq Moskva o‘t ochish to‘xtatilmasa, bu bitim amalga oshmasligini yaxshi tushunadi.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Brayan Hyuz bu ma’lumotni izohlar ekan, "Vashington o‘t ochish to‘xtatilmaguncha hech qanday iqtisodiy majburiyatlarni muhokama qilmaydi", dedi.

Qo‘shma Shtatlarda taxminan 5 milliard dollar miqdoridagi Rossiya aktivlari muzlatilgan, Yevropada esa bu raqam 200 milliard dollardan oshadi.

Avvalroq Rossiya AQShdan “Aeroflot”ga nisbatan sanksiyalarni olib tashlashni va ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tiklashga ruxsat berishni so‘ragan edi.

Kiritildi: 18:02 16.04.2025. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!