Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Nashr Tataristondagi “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasidagi zavodda ishlayotgan olti nafar ayol bilan suhbatlashgan. Uganda, Ruanda, Keniya va boshqa bir qator Afrika davlatlaridan bo‘lgan ayollarga, shuningdek, Shri-Lanka fuqarolariga Rossiyaga bepul parvoz, yotoqxonada turar joy va yaxshi maoshli ishlar va’da qilingan. Jurnalistlarning aniqlashicha, hozirda Alabuga shahrida 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan 200 ga yaqin xorijlik ayollar Shahed dronlarini ishlab chiqaruvchu korxonada ishlaydi. Ishchilar yotoqxonada ham, ish joyida ham doimiy videokuzatuv ostida, xodimlarning telefonlari esa uchun doimiy ravishda tekshiriladi, deyiladi materialda.
Surishtiruvlarga ko‘ra, afrikalik ayollar ishlab chiqarish jarayonida tegishli himoya vositalarisiz zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashlari kerak. Ayollar ularga “quldek” muomala qilinayotganini bildirishgan.
"Agar ayollar firibgarlik yo‘li bilan ekspluatasiya qilish uchun yollangan bo‘lsa, Rossiyaning harakatlari “odam savdosi” deya tavsiflanishi mumkin", — deb ta’kidladi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ravina Shamdasani.