Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Roskomnadzor Telegram faoliyatini chekladi

 Roskomnadzor Telegram faoliyatini chekladi

"Foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlari himoyalanmagani, firibgarlik, jinoiy va terrorchi maqsadlarda foydalanishga qarshi samarali choralar ko‘rilmagani tufayli", - deyiladi qo‘mita bayonotida.

Shuningdek, Telegram va WatsApp messenjerlari terrorchilikni oldini olish maqsadida huquqni saqlash organlari bilan hamkorlik qilmagani ham alohida qayd etilgan.

Ayni damda Rossiya sudlarida Telegramga qarshi bir necha jinoiy ishlar ochilgan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, messenjer ekstremistik faoliyatga chaqiruvchi ma’lumotlarni o‘chirmagani uchun javobgarlikka tortilgan.

Bugungi kunda Moskva sudlarida Telegramga nisbatan 8ta ma’muriy ish ko‘rib chiqilmoqda. Ular bo‘yicha jarimalar umumiy summasi 64 mln rublga yetishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:43. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!