Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu YouTube'dan qancha daromad ko‘rishga ulgurdi?

Ronaldu YouTube'dan qancha daromad ko‘rishga ulgurdi?

So‘nggi 72 soat ichida Krishtianu Ronalduning YouTube'dagi obunachilari soni 42 millionga yetdi.

Undan oldin hech kim YouTube'da 90 daqiqa ichida 1 million obunachiga ega bo‘lmagan. U 24 soat ichida 28 million obunachiga erishdi, ungacha YouTube tarixidagi hech bir kanal 24 soat u yoqda tursin, bir oy ichida 28 million obunachiga yetmagan edi.

Ronaldu haqiqiy YouTube sensasiyasiga aylandi. U qancha pul topdi?

YouTube'ning hozirgi standart daromadi har 1000 ko‘rish uchun taxminan 6 dollarni tashkil qiladi. Ayni paytda Krishtianuning akkauntiga ko‘rishlar soni 177 milliondan oshdi.

Marca hisob-kitoblariga ko‘ra, Krishtianu allaqachon imzolagan homiylik shartnomalarini hisobga olgan holda 72 soat ichida 100 million dollarga yaqin ishlab topgan.

Taqqoslash uchun, Mister Bist birgina YouTube reklamasidan oyiga taxminan 5 million dollar ishlab topadi.

Kiritildi: 09:30 26.08.2024. O'qildi: 9702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!