Xabaringiz bor, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga nomusga tekkanlik aybi qo‘yilmoqda. Model Ketrin Mayorga portugaliyalik futbolchi bir necha yil avval uning nomusini toptaganini aytib, futbolchiga ayblov qo‘ygandi.
Yaqinda “The Sun” nashri bir nechta suratni chop etdi. Mazkur suratlar 2009 yilda Las-Vegasdagi klublardan birida olingan. Unda Ronaldu hamda Mayorgani birga ko‘rish mumkin.
Mazkur suratlar Krishtianuning foydasiga xizmat qilishi mumkin. Chunki suratlar shundan dalolat beryaptiki, qiz hech qanday norozilik bildirmagan. Ronaldu hech qanday tajovuz qilmagan.