Calciomercato ma’lumotlariga ko‘ra, klub 30-iyungacha 28 million yevrodan ko‘proq kapital o‘sishga erisha olmadi. Natijada " Roma “ UYEFA tomonidan 5 million evro jarimaga tortildi.
Qayd etilishicha, jamoaga jiddiyroq jazo choralari – yevrokuboklardan chetlashtirish va 50 million yevrogacha jarima solish bilan tahdid qilingan.
“Roma” o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 63 ochko bilan oltinchi o‘rinni egalladi. Jamoa Yevropa ligasi finaliga chiqa oldi, ammo turnirning hal qiluvchi o‘yinida Ispaniyaning “Sevilya” jamoasiga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.