Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

"Roma" murabbiyining tanqidi «qimmat»ga tushdi

"Roma" murabbiyining tanqidi «qimmat»ga tushdi

UEFA «Roma» bosh murabbiyi Klaudio Ranyerini hakamlarni tanqid qilgani uchun jarimaga tortdi.

Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Bu «Portu» bilan Yevropa ligasining birinchi pley-off o‘yinidan (1:1) keyin sodir bo‘ldi. Uchrashuvni Tobias Stiler boshqarib borgandi.

O‘yindan so‘ng rimliklar bosh murabbiyi Stiler raqibga «g‘alaba keltirishi mumkin edi» deb fikr bildirgan.

Natijada Ranyeri 20 ming yevro jarima oldi. Shuningdek, «Roma» «jamoaning nomaqbul harakati» uchun qo‘shimcha 11 ming yevro jarimaga tortildi.

Kiritildi: 13:30 04.03.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!