Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

“Rohinja ayollariga yordam bering!”

A A A
“Rohinja ayollariga yordam bering!”

Londonda joylashgan “Oksfam” tashkiloti Bangladeshdagi qochqinlar lagerlarida yashayotgan rohinja ayollari jiddiy muammolarga duch kelayotganiga e’tibor qaratdi.

Tashkilot vakili Doroti Sangning aytishicha, haddan tashqari tiqinlich lagerlarda yashayotgan rohinja ayollari gigiyena muammolaridan qiynalayotganini ta’kidladi.

“Qochqin rohinjalar inqirozi juda tez yuz bergani sababli ularga mo‘ljallangan inshootlar shoshilinch barpo etildi va ayollarning o‘ziga xos ehtiyojlari e’tiborga olinmadi”, – dedi Sang.

“Oksfam” o‘tkazan so‘rovdan aniqlanishicha, rohinja ayollarining uchdan bir qismi suv olish, hojatxona yoki dushga borishga xijolat bo‘ladi. Shuningdek, ayollarning to‘rtdan uch qismi shaxsiy gigiyena vositalarining yo‘qligidan qiynalishini bildirgan. 

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:23 21.08.2018. O'qildi: 1508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik