Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rodrigoning "Real"dagi taqdiri hal bo‘ldi

Rodrigoning "Real"dagi taqdiri hal bo‘ldi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes “Manchester Siti”ga o‘tmaslikka qaror qildi. Marca nashrining xabar berishicha, futbolchi jamoa rahbariyatiga jamoada qolmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi kamida yanvar oyigacha “Real” safida qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi. Shuningdek, transfer oynasi yakunlanishiga uch kun qolgani sababli futbolchining boshqa jamoaga o‘tish ehtimoli juda past baholanmoqda.

Avvalroq OAVda “Manchester Siti” 24 yoshli futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Shaharliklar” Rodrigo uchun 5 yillik shartnoma taklif qilgan, “Real” esa braziliyalik vingerning transferidan 100 million yevro atrofida mablag‘ ishlab olishni rejalashtirgani aytilgan. Ammo futbolchi so‘nggi daqiqalarda ingliz klubi taklifini rad etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rodrigo 2019-yilning yozida “Real” safiga qo‘shilgan. U shu vaqtga qadar barcha musobaqalar doirasida jami 271 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 68 ta gol va 51 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2028-yilning yozigacha amal qiladi.

Kiritildi: 10:53 31.08.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!