Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘dod tuman sudi raisi O.Mirsadikov hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi raisi A.Razikov sudya O.Jiyanovlar tomonidan Bog‘dod tumanida Prezidentimizning “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 10 yil muddatga foydalanish va daromad olish uchun yer uchastkasiga ega bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashdilar. Ularga yer uchastkalaridan oqilona foydalanish borasida tegishli tushuntirishlar berildi.
Sudyalar tomonidan fuqarolarning yerdan foydalanishdagi qonuniy huquq va majburiyatlari to‘liq tushuntirildi. Bu haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bukletlar tarqatildi va ularning yer bilan bog‘liq qonunchilik borasida berilgan savollariga batafsil javoblar berildi.