Rim papasi Fransisk yana bir bor Ukraina mojarosiga diplomatik yo‘l bilan yechim topish kerakligini ta’kidladi.
– Ukrainada keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlanganiga ikki yil to‘ldi, – dedi u Vatikandagi chiqishida. – Ko‘plab qurbonlar, yaradorlar bor, vayronagarchilik, ko‘z yoshi davrining oxiri ko‘rinmayapti.