Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukrainani «hamma hamma uchun» formulasidan foydalangan holda mahbuslarni almashishga chaqirdi.
Bu haqda pontifik Pasxa bayrami munosabati bilan o‘zining «Shahar va dunyoga» an’anaviy murojaatida ma’lum qildi, deb xabar beradi Vatican News.
«Xalqaro huquq tamoyillarini hurmat qilishga chaqirar ekanman, Rossiya va Ukraina o‘rtasida barcha mahbuslarning umumiy almashinuviga umid qilaman: hammasi hamma uchun!» - u aytdi.
Fransisk, shuningdek, G‘azo sektorida insonparvarlik yordamidan foydalanish, XAMAS tomonidan garovga olinganlarni tezroq ozod qilish va bu sektorda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
Rim papasining Pasxa tabrigi an’anaviy ravishda jahon muammolariga bag‘ishlangan, deb ta’kidlaydi Reuters . U o‘z nutqida boshqa keskinlik o‘choqlari, jumladan Suriya, Livan, Armaniston va Ozarbayjon, Gaiti, Myanma, Sudan, Sahel va Afrika shoxi mintaqalari, Kongo va Mozambikni ham tilga oldi.