Rim Papasi Lev XIV qurolli mojarolar paytida havo hujumlaridan foydalanishni taqiqlashga chaqirdi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar beradi.
Pontifikning fikricha, havo hujumlari beg‘araz va taqiqlanishi kerak.
"Hech kim o‘lim va vayronagarchilik tahdidi osmondan kelishi mumkinligidan qo‘rqib yashamasligi kerak. XX asrning fojiali tajribalaridan so‘ng, havo bombardimonlari abadiy taqiqlanishi kerak edi, ammo u mavjud bo‘lib qolmoqda, bu taraqqiyot emas, bu regressiya", dedi Rim Papasi.
Reuters ta’kidlashicha, Lev XIV Eron bilan urushda bir necha bor sulh tuzishga chaqirgan. Yakshanba kuni u mojaroni "insoniyat uchun sharmandalik" deb atadi.