"Xalqaro huquq tamoyillarini hurmat qilishga chaqirar ekanman, Rossiya va Ukraina o‘rtasida barcha mahbuslarning umumiy almashinuviga umid qilaman", — deya ta’kidladi pontifik Pasxa bayrami munosabati qilgan an’anaviy nutqida.
Papa, shuningdek, G‘azo sektorida insonparvarlik yordamiga yo‘l ochish, HAMAS tomonidan garovga olinganlarni tezroq ozod qilish va sektorda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.