Rheinmetall kompaniyasi Ukrainada zirhli mashinalar ishlab chiqaruvchi zavod ochadi
Zavod "Fuchs" zirhli transportyorlarini ishlab chiqaradi va ta’mirlaydi, shuningdek, ukrainaliklarga ularga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘rgatadi. Yiliga 400 ga yaqin zirhli texnika ishlab chiqarishga qodir zavod mamlakat g‘arbida joylashadi va yaqin 12 hafta ichida ochilishi kerak, dedi kompaniya bosh direktori Armin Papperger CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Rheinmetall zavodni Ukrainaning “Ukroboronprom” mudofaa davlat konserni bilan hamkorlikda boshqaradi. Loyiha qiymati 200 million yevroga baholanmoqda.