Evropadagi MV Hondius laynerida yuz bergan kasallik tarqalishidan so‘ng bir erkak va bir ayol xantavirus yuqtirgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Xantavirus bilan kasallanishning ehtimoliy holatlari haqida Reuters agentligi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Ispaniyaning Alikante provinsiyasida istiqomat qiladi va unda xantavirusga xos alomatlar aniqlangan.
Ikkinchi holat esa Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududlari tarkibiga kiruvchi arxipelagda — Muqaddas Yelena, Vozneseniye va Tristan-da-Kunya orollarida qayd etilgan.