Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Reuters: AQSh Rossiyaning “soya floti”ga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni rejalashtirmoqda

Reuters: AQSh Rossiyaning “soya floti”ga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni rejalashtirmoqda

"Bayden ma’muriyati Rossiya neftini tashuvchi tankerlarga qarshi choralar ko‘rish orqali Moskvani neft savdosidan olinadigan daromaddan mahrum qilishni maqsad qilmoqda", deya xabar beradi agentlik o‘z manbalariga tayanib.

Reuters suhbatdoshlariga ko‘ra, Rossiya neftning G‘arb davlatlari tomonidan bir barrel uchun 60 dollar qilib belgilagan narx chegarasidan yuqori qiymatda sotilishiga ko‘maklashuvchi tankerlarga nisbatan “katta sanksiya paketi” joriy etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, sanksiyalar mavjud cheklovlarni chetlab o‘tib, Rossiya nefti savdosini tashkil qilishda ishtirok etgan shaxslar va kompaniyalarga nisbatan choralarni ham o‘z ichiga oladi.

"Bayden ma’muriyati bu orqali AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inaugurasiyasi oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Trampning sanksiyalarga munosabati qanday bo‘lishi noma’lum", deya aniqlik kiritadi Reuters.

Kiritildi: 19:42 06.01.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!