Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizasiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi

Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizasiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash uchun yillik ehtiyoj yalpi ichki mahsulotning 10 foiziga teng.

Shu ma’noda, Prezident bugungi anjuman “Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish” mavzusida o‘tkazilayotgani olqishladi.

Bu borada xalqaro moliya tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, katta tajriba orttirildi. Buning natijasida ushbu sohalarga xususiy sektor faol kirib bormoqda.

O‘zbekistonda 2030 yilgacha 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan.

Xususan, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari, “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi.

Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizasiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi.

Kiritildi: Bugun 15:37. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!