Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Respublika Tezkor shtabi Nuksdagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

Respublika Tezkor shtabi Nuksdagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

2023 yilning 29 yanvar kuni soat taxminan 16:15 larda Nukus shahri “Temir yo‘l” mahallasi 22 kichik tuman 8/1-uyning 4-qavatida joylashgan xonadonlarning birida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli portlash sodir bo‘lgan.

Natijada, uydagi bir nechta xonadonlarning tom va pol qismlari o‘pirilib, 4-qavatdan 1-qavatgacha tushib ketgan.

Xodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, ya’ni 2003 yilda tug‘ilgan S.SH. va 2004 yilda tug‘ilgan Z.A., kuyish jaroxati olgan va zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga yotqizilgan.

Ushbu voqea yuzasidan Tezkor shtab tuzilgan va uning boshchiligida baxtsiz xodisa sodir bo‘lgan uyda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, shu jumladan ushbu uyda yashovchi fuqarolar xatlovdan o‘tkazilib, o‘pirilgan tom va pol qismlari tagida fuqarolar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ushbu uyda yashab kelayotgan qolgan fukarolar evakuasiya qilinib, vaktinchalik uy-joy va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlandi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Kiritildi: 21:48 29.01.2023. O'qildi: 5181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!