Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Reshford: "Barselona" barcha sovrinlarni yuta olmasligiga sabab ko‘rmayapman"

Reshford: "Barselona" barcha sovrinlarni yuta olmasligiga sabab ko‘rmayapman"

"Barselona" futbolchisi Markus Reshford jamoaning joriy mavsumdagi istiqbollariga optimistik baho bermoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" La Ligani g‘alaba bilan boshladi: 1-tur o‘yinida "Malyorka" tor-mor etildi - 3:0. Xuddi shu bahsda "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan inglizning debyuti bo‘lib o‘tdi.

"Bu mavsumda barcha sovrinlarni qo‘lga kirita olmasligimizga sabab ko‘rmayapman. Jamoamiz g‘alaba qozonishga tayyor," - deya 27 yoshli vingerning so‘zlarini keltiradi BarcaTimes.

Kiritildi: 09:55 19.08.2025. O'qildi: 383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!