Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Reseptsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati yangilandi

A A A
Reseptsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan yangi Reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ilgarigi ro‘yxat (ro‘yxat raqami 3200, 6.12.2019 y.) bilan solishtirganda reseptsiz beriladigan monopreparatlar ro‘yxati 105taga qisqardi va 87ta pozisiyadan iborat. Majmuaviy preparatlar soni ushbu ro‘yxatda 118taga qisqardi va endi 814ta pozisiyadan iborat.

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i talablariga dori vositalarini berishda o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tayinlash va qabul qilish tartibidan qat’i nazar amal qilinishi kerak.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingandan kuchga kirdi.

Kiritildi: 11:26 11.08.2021. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!