Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"Real" yulduzi "PSJ"ning ikki taklifni rad etdi

"Real" yulduzi "PSJ"ning ikki taklifni rad etdi

"Real"ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo Fransiyaning "PSJ" klubiga o‘tish borasidagi ikkita taklifni rad etdi.

Parijliklar jamoani tark etgan Kilian Mbappe o‘rniga futbolchi olmoqchi bo‘lishdi, ammo hujumchi rad javobini berdi. Todofichajes nashrining xabariga ko‘ra, Rodrigo "Qirollik klubi"da qolishga va asosiy tarkibdan joy uchun kurashishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu yozda "Los Blansos" hujumini Kilian Mbappe va Endrik bilan kuchaytirdi. 23 yoshli braziliyalik futbolchi 2019 yilning yozidan buyon "Real"da o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027/2028 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Rodrigoning transfer qiymati 110 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:40 28.07.2024. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!