Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" qachon braziliyalik futbolchisini ommaga taqdim etishi ma’lum bo‘ldi

A A A
"Real" qachon braziliyalik futbolchisini ommaga taqdim etishi ma’lum bo‘ldi

Braziliyalik hujumchi Endrikning "Real Madrid"ning yangi futbolchisi sifatida taqdimoti 27 iyulga belgilangan. Bu haqda ispan klubi rasmiy sayti xabar berdi.

"Real Madrid" futbol klubi 27 iyul, shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da “Santyago Bernabeu” stadionida futbolchimiz Endrikning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Oldinroq prezidentimiz Florentino Peres Endrikni "Real Madrid Siti"da yangi o‘yinchimizni keyingi olti mavsum davomida klub bilan bog‘laydigan shartnomani rasmiy imzolash marosimida kutib oladi. Taqdimotdan so‘ng Endrik “Santyago Bernabeu” matbuot markazida OAV vakillari bilan muloqot qiladi”, — deyiladi klub xabarida.

17 yoshli Endrik shu qishda "Real" bilan shartnoma imzoladi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 18:45 19.07.2024. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!