Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

"Real"ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (top-5)

"Real"ning XXI asrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi (top-5)

Madridning "Real" klubining XXI asrdagi eng yaxshi futbolchilari reytingini klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu boshqarib turibdi. Portugal 2009 yildan 2018 yilgacha "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilgan. Reyting tuzuvchilari Zinedin Zidanni ikkinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lsa, kuchli uchlikni hamon klubda bo‘lib turgan Luka Modrich yakunlab berdi. Madridliklar sobiq himoyachisi Serxio Ramos to‘rtinchi o‘rinda, afsonaviy sobiq darvozabon Iker Kasilyas esa beshinchi o‘rinda.

Ayni damda Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida 20-turdan keyin 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shanba kuni Karlo Anchelotti shogirdlari safarda "Valyadolid"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:32 25.01.2025. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!