“Real Madrid”ning yangi bosh murabbiyligiga asosiy da’vogarlar nemis mutaxassisi Yurgen Klopp va portugaliyalik Joze Mourinyu hisoblanadi. Bu haqda El Chiringuito TV efirida jurnalist Xosep Pedrerol ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar tomonidan Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Aytilishicha, “Qirollik klubi” hozircha sanab o‘tilgan murabbiylarning hech biri bilan aloqaga chiqmagan.
“Real” 2025-2026 yilgi mavsumini Xabi Alonso qo‘l ostida boshlagan edi. Yanvar oyida bu mutaxassis iste’foga chiqarilib, uni jamoaning sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa almashtirdi. Arbeloa bundan avval yoshlar jamoasini boshqargan.
Ammo Arbeloa ham kutilgan natijani ta’minlay olmadi. Endi rahbariyat yulduz futbolchilarga ta’sir o‘tkaza oladigan nomdor murabbiy tanlashni ma’qul ko‘rmoqda.