Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

«Real» muxlislari ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan so‘ng Florentino Peresdan iste’fo talab qilishdi

«Real» muxlislari ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan so‘ng Florentino Peresdan iste’fo talab qilishdi

"Real Madrid" muxlislari Ispaniya La Ligasining 26-turida o‘z maydonida "Xetafe" jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng klub prezidenti Florentino Peresning iste’fosini talab qilishdi.

Marca nashri jurnalisti Migel Anxel Toribioning ma’lum qilishicha, o‘yin yakunlanganidan keyin "Santyago Bernabeu" stadioni tribunalarida «Florentino — iste’foga!» degan shiorlar yangragan.

Ma’lumot uchun, ushbu mag‘lubiyat «Real» uchun La Ligada ketma-ket ikkinchisi, jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa esa 12 o‘yinda to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qildi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng madridliklar 60 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionat peshqadami esa 64 ochko bilan "Barselona" hisoblanadi.

Kiritildi: 10:30 03.03.2026. O'qildi: 702 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!