Madridning «Real» klubi shu yozda bosh murabbiyni almashtirishi mumkin. RMC Sport nashrining xabar berishicha, Madrid superklubi o‘z short-listiga (nomzodlar ro‘yxatiga) Didye Deshamni kiritgan.
57 yoshli fransuzning ushbu lavozimga nomzod etib ko‘rsatilishini kutilmagan holat deb hisoblash mumkin. Ma’lumki, Desham JCH-2026dan so‘ng 14 yillik faoliyatidan keyin Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketadi. Taxminlarga ko‘ra, «uch ranglilar»ni «Real»dan ketganidan beri qariyb besh yildan beri hech qaysi jamoani boshqarmayotgan Zinedin Zidan qabul qilib oladi.
Hozirda «Real» bilan Alvaro Arbeloa ishlamoqda. «Qaymoqranglilar» mavsumni sovrinsiz yakunlash xavfi ostida turgani sababli, Arbeloaning jamoadagi kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda.