«Real Madrid» Lukac Vaskes va Vinisius Juniorning jarohati haqida ma’lum qildi.
Futbolchilar La Liganing 35-turida «Barselona»ga qarshi (3:4) bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan.
Tekshiruvlarga ko‘ra, Vinisiusning chap oyoq tagi (tovon atrofi) bog‘lamlari cho‘zilgan, Lukac Vaskesda esa chap sondagi mushagi jarohatlangan.
COPE nashri jurnalisti Migel Anxel Diasning ma’lumotiga ko‘ra, Vinisius taxminan bir hafta maydonga chiqmaydi. Lukac Vaskes esa 18 may kuni «Sevilya»ga qarshi o‘yingacha safga qaytishi mumkin.
Shu sababdan, har ikki futbolchi charshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Malyorka»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.