Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real" La Ligani sudga berdi

"Real" La Ligani sudga berdi

«Real» stadionlardagi kamsitish va zo‘ravonlikka qarshi kurashish protokoli joriy etilgani sababli La Ligani sudga berdi, deb xabar bermoqda Marca.

Tegishli hujjat 26 mart kuni taqdim etilgan bo‘lib, u liganing boshqa klublari, polisiya vakillari va Ispaniya Ichki ishlar vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

Madridliklarning ta’kidlashicha, yangi reglamentga rioya qilish majburiy emas, balki ixtiyoriy bo‘lishi lozim. Shuningdek, «Real» bu kabi masalalar bo‘yicha o‘z shaxsiy protokoliga ega ekanini alohida qayd etgan.

Xabar qilinishicha, ushbu da’vo arizasi La Liganing boshqa jamoalari o‘rtasida hayrat va tushunmovchilik uyg‘otgan. Ular bunday shikoyat sabablarini tushunmayaptilar va mazkur masala bo‘yicha bahslashish «Real» obro‘siga salbiy ta’sir qiladi deb hisoblamoqdalar.

Kiritildi: Bugun 17:33. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!