Ispan nashrlarining yozishicha, “Real” klubi “Chelsi”ning ikki nafar futbolchisini xarid qilish borasida kelishuvga erishgan. Bu ikki futbolchi yozda Madridga ko‘chib o‘tadi.
Avvalroq “aristokratlar” hujumchisi Eden Azarning “Real” bilan kelishib olgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Endi esa “qirollik klubi”ning London klubi posboni Tibo Kurtua borasida ham kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” Kurtua uchun 31 mln yevro to‘laydi. Belgiyalik posbon yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Xabarlarga qaraganda, “Chelsi” Kurtuaning o‘rniga Petr Chexni qaytarmoqchi va bu borada harakatlarni boshlab yuborgan.