Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

«Real»ga hatto 200 million yevro ham yetmaydi!

«Real»ga hatto 200 million yevro ham yetmaydi!

So‘nggi kunlarda matbuotda «Real» klubi va «Bavariya» vingeri Maykl Olise o‘rtasidagi bog‘liqlik yana faol ravishda muhokama qilina boshladi. Madrid klubi prezidenti Florentino Peres seshanba kuni Olise uchun 150 million yevro miqdorida taklif yuborishni rejalashtirgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Jurnalist Matteo Moretto «Radio Marca» efirida ma’lum qilishicha, «Real» Oliseni hatto 200 million yevro evaziga ham sotib ololmaydi. Myunxen klubi o‘z yetakchilaridan biri bilan xayrlashish niyatida emas.

Maykl Olisening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda Olise myunxenliklar safida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 ta gol va 31 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:58 05.06.2026. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!