«Real» prezidentlik saylovlari boshlanganini e’lon qildi.
«Prezident direktorlar kengashining yig‘ilishini eshitdi va «Real» futbol klubi nizomining 38-moddasiga muvofiq, saylov kengashidan prezident hamda direktorlar kengashi saylovini chaqirish jarayonini boshlashni so‘radi», — deyiladi xabarda. Bu haqda Madrid klubi bayonot berdi.
ASʼning yozishicha, bugun saylov kengashi saylov boshlanganini e’lon qiladi. Nomzodlardan arizalarni qabul qilish 8 yanvardan 18 yanvargacha davom etadi. Boshqa hech kim nomzodini qo‘ymasa, Florentino Peres yana 4 yil o‘z lavozimida qoladi.
Peres 2009 yildan beri «Real» prezidentligi uchun saylovlarda yagona nomzod bo‘lib kelmoqda. 2013, 2017 va 2021 yillarda ham unga raqib bo‘lmagan.