"Real" kelayotgan qishda "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni xarid qilish g‘oyasidan voz kechdi.
"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub yanvarda hech kim bilan shartnoma imzolamasligini bildi. Ispan grandi yaqin xaridlarni 2025 yilning yozida amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, "Real" yarim himoyachi Orelyen Chuamenini "Liverpul"ga sotmaydi. "Qaymoqranglilar" mudofaa markazida o‘ynay oladigan fransiyalik futbolchiga ehtiyojni ko‘rishmoqda.