"Real" 31 avgustga qadar Mbappeni sotib olishi mumkin.
Klub prezidenti Florentino Peres parijliklar uchun oxirgi kunlarni ko‘zlab taklif tayyorlamoqda, shunda "PSJ"da boshqa iloj qolmaydi. Agar fransuz klubi buni qabul qilmasa, Mbappedan tekinga ayriladi va bu UYEFA reglamenti nuqtai nazaridan moliyaviy ko‘rsatkichlarga o‘ta salbiy ta’sir qiladi.
Mbappening o‘zi allaqachon mavsumni "PSJ"da boshladi. Shu bilan birga, futbolchi klubni tark etish istagini yashirmaydi.