Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Reaktiv quvvatni kompensasiya qiluvchi qurilmalarni o‘rnatish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini bajarmagan 1 ming 46 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi

Reaktiv quvvatni kompensasiya qiluvchi qurilmalarni o‘rnatish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini bajarmagan 1 ming 46 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi

Tadbirkorlik subektlari elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishi va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashi uchun reaktiv quvvatni kompensasiyalovchi qurilmalardan foydalanishi lozim.

Joriy yilning shu vaqtiga qadar “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan 455 ming 984 kVar quvvatga ega bo‘lgan 2 ming 134 ta reaktiv quvvat kompensasiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatilishi ta’minlandi. Buning natijasida har oyda 4 mln 206 ming kVt⋅soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi.

Iste’molchilarning elektr qurilmalarini bir me’yorda ishlash omili hisoblangan ushbu qurilmalardan foydalanishda ayrim tadbirkorlik subektlari tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Xususan, reaktiv quvvat kompensasiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatish yuzasidan Inspeksiya tomonidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanmagan 1 ming 46 ta iste’molchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qaroriga ko‘ra, iste’molchilar reaktiv quvvatni yetarli darajada kompensasiya qilmaganligi natijasida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qotishlari uchun qayta hisob-kitoblar amaldagi tarifga nisbatan uch baravar miqdorda hisoblanadi.

Kiritildi: 11:30 25.06.2024. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!