Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ravshan Ermatov lavozimidan ozod etildi

Ravshan Ermatov lavozimidan ozod etildi

Prezidentning tegishli farmoni (PF-6203, 09.04.2021y) asosida Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlandi;

👉 Shuningdek, Prezidentning tegishli qarori (PQ-5069, 09.04.2021y) asosida:

➖ Ulug‘bek Axmadovich Azamov turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
➖ Abdulaziz O‘rolboyevich Aqkulov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga; 
➖ Avazjon Qudratillayevich Karimov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga; 
➖Zarif Ochilovich Kazakov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

👉 Prezidentning tegishli qarori (PQ-5067, 09.04.2021y) asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Sayfiddinovich Ermatov  hamda jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Nodir Xujamqulovich Murotov lavozimidan ozod etildi;

👉 Prezidentning tegishli qarori (PQ-5068, 09.04.2021y) asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Faxriddin Umarovich Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Kiritildi: 16:32 10.04.2021. O'qildi: 13756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!