Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ravon avtomobillari: rossiyaliklar uchun narx qariyb 1000 dollarga arzonladi, o‘zimiznikilargachi?

Ravon avtomobillari: rossiyaliklar uchun narx qariyb 1000 dollarga arzonladi, o‘zimiznikilargachi?

Ravon rasmiy veb-sayti Rossiyadagi o‘zbekistonlik avtomobillar uchun yangi narxlarni e’lon qildi.

Narxlarga ko‘ra, Ravon R3 Nexia asosiy modeli uchun 60 ming rubldan (935 dollar)  Ravon R2 modeli uchun 120 000 rublgacha (1870 dollar) chegirmalar belgilangan.

Yangilangan narxlar quyidagicha:

"Ravon R2" - 586000 rubldan (9135 dollar), ilgari 646 ming rubldan ($ 10 ming);

"Ravon R3 Nexia" - 550 000 rubldan (8574 dollar), ilgari ushbu model 586 ming rubldan (9,2 ming dollar) sotilgan;

"Ravon R4" - 603000 rubldan (9 400 dollar), ilgari uning narxi 678 ming rubl edi ($ 10,6 ming).

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil may oyida qayta ishlash stavkalari oshishi bilan bog‘liq narx siyosati qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek yangi modellarni ishga tushirish uchun korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini keng miqyosda modernizasiya qilish natijasida Ravon rusumli avtomobillarni Rossiyaga etkazib berish to‘xtatilgan edi.

Kompaniya rahbariyati tomonidan mahalliy aholi uchun ishlab chiqarilgan avtomobillar narxlarini ko‘rib chiqish masalasi ko‘zda tutilganmi? Nashrimizning ko‘p sonli muxlislarini qiziqtirgan ushbu masalaga mutasaddilardan izoh kutib qolamiz. 

Kiritildi: 13:17 06.12.2019. O'qildi: 5836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!