Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rasul Kusherbayev: "Yana o‘sha gap — buzilish epidemiyasi"

A A A
Rasul Kusherbayev: "Yana o‘sha gap — buzilish epidemiyasi"

Yana o‘sha gap "buzilish epidemiyasi".

Bu gal fuqarolarga qonuniy berilgan yerlarni noqonuniyga chiqarib, sud qarorisiz o‘zboshimcha buzib tashlash holati.

Sud ham, jazolovchi ham, ijrochi buzuvchi ham bitta. Qonunlarni ahvolini ko‘r.

Buni ikkiyuzlamachilik deyishadi.

Ammo bir gap: men bilgan davlat lafzini buzmaydi, faqat  yaxshi ko‘rinaman, orden olaman deb, odamlar manfaatidan ko‘z yumadiganlar buzadi.

Alamlisi fuqarolar niqobsiz yurgani yoki  bir IIB xodimining hujjatingni ko‘rsat, degan talabini bajarmagani uchun kerak bo‘lsa qamalayapti, lekin fuqaro peshona teri bilan qurgan bino zo‘rlik bilan sudsiz  buzilsa ham shunday yondoshuv bo‘lish o‘rniga yo‘q joydan yana fuqaro aybdor bo‘lib chiqayapti. Qonunbuzar, o‘zboshimcha, dangasa... Mana bu haqiqiy adolatsizlik.

Qoyil, biz mana shunday jamiyatda yashayapmiz va unda mas’ullarimiz inson huquqlarini barcha narsadan ustun qo‘yishadi!

Xullas oddiy fuqarolarga xos  mardlik va xolislik  yetishmayapti mas’ullarimizda.

P/S: Xalqni chalg‘itayapti, asossiz populistliq qilayapti, bundan uning shaxsiy manfaati bor, degan gaplar chiqib qolsa rozi bo‘linglar!
Rostanam shaxsiy manfaatim bor- o‘tkinchi hayotda ozgina bo‘lsa ham odamlar ishonchini oqlash.

Rasul Kusherbayev

Kiritildi: 19:00 30.04.2020. O'qildi: 3554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!