“Santos” klubi hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun bosh murabbiy Karlo Anchelotti ro‘yxatga olgan futbolchilar qatoridan joy oldi.
Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Uning hisobida 79 ta gol bor. U “selesao”ning asosiy jamoasida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. 34 yoshli futbolchi, shuningdek, terma jamoa tarkibida 128 ta uchrashuvda 59 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Futbolchi joriy mavsumda “Santos” safida 15 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi bundan avval “Barselona”, “PSJ” va “Al-Hilol” klublarida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon cehmpionatining guruh bosqichida braziliyaliklar “C” guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan edi.