Rafinya Dias bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida maydondan tashqarida bo‘ladi.
Vinger Braziliya termasi tarkibida boldir mushaklaridan jarohat olgan va "Barselona"ga qaytarib yuborilgan.
Klub matbuot xizmati esa uning 5 hafta mobaynida davolanishini ma’lum qilgan.
Shu orqali u "Atletiko"ga qarshi uch o‘yin, "Espanyol" bilan derbi va "Selta" hamda "Xetafe"ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.
Rafinya may oyi boshidagi "Osasuna"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.