Fransiyalik mutaxassis Patrik Viyeyra Italiya chempionatida ish topdi. 48 yoshli murabbiy Genuyaning "Jenoa" klubini boshqaradi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati. Tomonlar 2026 yil o‘rtalariga mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladilar.
Viyeyra iste’foga chiqarilgan Alberto Jilardinoning o‘rnini egalladi. Patrikning oxirgi ish joyi Fransiyaning "Strasburg" klubi edi.
"Jenoa" Italiya chempionati mavsumining birinchi yarmini muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda. O‘tkazilgan 12 turdan so‘ng Genuya terma jamoasi o‘n ochko jamg‘arib, A seriya turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.