Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Raqs tushishni yoqtirmaydigan aktrisa

A A A
Raqs tushishni yoqtirmaydigan aktrisa

Aktrisa Diana Penti «Parmanu» deya nomlangan yangi filmining namoyishidan so‘ng shuhrat cho‘qqisida yana bir qadam oldinladi. Jon Abraxam bilan qilgan hakorligi muxlislar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Karerasidagi bu yutuq haqida gapirar ekan, Diana kartinalardagi raqs tushish sahnalarini yoqtirmasligini aytib o‘tdi.

Bu haqda aktrisaning o‘zi shunday deydi: «Aslida, menga hecham raqs sahnalarida ishtirok etishni taklif qilishmagan. Ammo o‘ylashimcha, bu to‘g‘ri ish. Vaholanki, umuman raqs tushishini bilmayman, shuning uchun ham yoqtirmayman».

«Men yaxshi raqqosa emasman. Buni eplashim uchun menga amaliyot kerak. Agar bir qadam tashlamoqchi bo‘lsangiz, bu qadamni amalda qo‘llash kerak bo‘ladi. Men buning uchun tug‘ilganman deb o‘ylamayman, demak, bu menga ko‘p vaqt va kuch sarflashni anglatadi», deya qo‘shimcha qildi Diana.

Manba: bollywoodnews.com

Kiritildi: 13:13 22.06.2018. O'qildi: 1790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik