Kecha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshladi.
Vakillarimiz guruh bosqichi dastlabki turida Ummon termasiga qarshi o‘ynashdi. Qiyin kechgan bahsda Ektor Kuper shogirdlari g‘alaba qozonishdi.
Quvonarli holat o‘yindan keyin sodir bo‘ldi. Muxlislarimiz g‘alabani nishonlash uchun bayram uyushtirishdi. Muhimi, hamyurtlarimiz ummonlik muxlislarga dalda berishdi va ular bilan raqsga tushishdi. Natijada ikki millat vakillari ishtirokida ajoyib bayramona kayfiyat yuzaga keldi.