O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Davlatov Ulug‘bek Bahodirovich Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
🔘Davlatov Ulug‘bek Bahodirovich 1987 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodchi.
🔘U 2011 yildan hozirgi vaqtga qadar Raqobat qo‘mitasi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.