Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Raqobat qo‘mitasi: 500 dan ortiq umumiy ovqatlanish sub’ektlarida kamchiliklar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi: 500 dan ortiq umumiy ovqatlanish sub’ektlarida kamchiliklar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi bilan hamkorlikda respublikada faoliyat yuritayotgan 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tanlanma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoran kafe, oshxona va bufet) ko‘rsatilayotgan xizmatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilayotganligi, narxlarni oshirib qo‘llash hamda taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmayotganligi yuzasidan 250 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Olib borilgan o‘rganishlarda, umumiy ovqatlanish sub’ektlari tomonidan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda ovqat tayyor bo‘lish vaqti, narxi va to‘lash shartlari haqida to‘g‘ri tushunarli ma’lumot taqdim etmaslik, taomnomalarda tayyor ovqatlarning hajmlari ko‘rsatilmaganligi, yo‘l bo‘yida sanitar qoidalariga nomuvofiq joylarda ovqat tayyorlash, tayyor ovqatni yetkazib berish, tashish va saqlashdagi muammolar shular jumlasidandir.

Shuningdek, o‘rganish ishlarida qamrab olingan 700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining:

524 tasida — (75%) taomnoma davlat tilida emas;

480 tasida — (69 %) ish rejimi ko‘rsatilmagan;

449 tasida — (65 %) narxnomalar mavjud emas;

429 tasida — (62%) avtoturargohlar mavjud emas;

519 tasida — (74,6 %) favqulodda vaziyatlari uchun chiqish yo‘laklari mavjud emasligi aniqlangan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqoridagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli organlarga (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi) tegishli tartibda ma’lumotlar kiritildi.

Kiritildi: 11:40 21.10.2024. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!