Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi

Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi

“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

➖raqamli kriminalistika sohasida innovasion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma’lumotlar (“Big Data”), sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;

➖huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq qilish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o‘tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;

➖raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish.

🏢 Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi.

✔️2024 yil 1 avgustdan Institutga raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o‘tkazish huquqi beriladi.

🗄 Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024 yil yakunigacha katta hajmdagi ma’lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yadi.

🗂“Raqamli dalillar yagona reestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025 yil 1 martgacha, 2025 yil 1 avgustgacha to‘liq versiyasi joriy etiladi.

Kiritildi: 15:01 22.06.2024. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!