Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ranvir Singx hamda Dipika Padukon turmush qurmoqchi

A A A
Ranvir Singx hamda Dipika Padukon turmush qurmoqchi

Ushbu juftlik besh yildan buyon birga bo‘lib, endilikda munosbatlarini yangi bosqichga ko‘tarishga tayyor bo‘lib turishibdi. Gap ularning nikoh marosimi haqida ketmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, yulduzli juftlik to‘y tantanasini shu yilning noyabr oyida o‘tkazmoqchi. Barcha tayyorgarliklar esa boshlab yuborilgan.

Manbaning takidlashicha, Dipika tantanaga ko‘plab matbuot vakillarining kelishini xohlamayotganligi bois, baxt kechasini Italiyada o‘tkazishga qaror qilgan. Unga esa faqat yaqin qarindoshlar, do‘stlar hamda ko‘plab mashhurlarning tashrifi kutilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, bazm yopiq ko‘rinishda bo‘lib o‘tadi.

Xabarda aytilishicha, juftlik dastlab to‘y tantanasini Shveysariyada qilmoqchi bo‘lgan. Ammo bunga Ranvirning ushbu mamlakatning turizm vakili ekanligi halaqit bergan. Zero, agar to‘y bu mamalkatda o‘tkaziladigan bo‘lsa, albatta, matbuot vakillarining diqqat markaziga aylanardi. Shu sababli nikoh oqshomi Italiyada o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ammo mish-mishlarga qaraganda, Italiya hukumati ham bu to‘y tantanasiga katta qiziqish bildirib, tashkilotchilik ishlarida o‘zlarining yordamlarini taklif etishmoqda.

Manba: bollywoodnews.com

Kiritildi: 13:04 22.06.2018. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik